YETTB ATB "Universalbank"ga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun navbatdagi kredit ajratmoqda
ATB "Universalbank" O‘zbekiston Respublikasidagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliyalashtirishga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan navbatdagi kredit jalb qilganini ma’lum qildi.
Kredit shartnomasi shartlariga ko‘ra, YETTB Bankka jami 5 million AQSH dollarigacha miqdorda mablag‘ ajratadi. Mablag‘lar AQSH dollaridagi kredit yoki so‘mdagi sintetik kredit shaklida taqdim etilib, ikki transhdan iborat bo‘ladi:
Hamkorlik doirasida hududlardagi iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qarz mablag‘larining kamida 75 foizi Toshkent shahridan tashqaridagi hududlarda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Dasturning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ayollar tadbirkorligini rivojlantirishdir: kredit liniyasining 30 foizi (1,5 million AQSH dollari) ayol tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga ajratiladi.
Yangi mablag‘larning jalb qilinishi ATB "Universalbank"ga kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlarga kredit ko‘magi hajmini kengaytirish, ish o‘rinlari yaratish, raqobatbardoshlikni oshirish va mintaqalar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish imkonini beradi.
ATB "Universalbank" tadbirkorlarning moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va bank sohasiga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish maqsadida YETTB bilan faol hamkorlikni davom ettiradi.
11.12.2025 17:14









