• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

ATB “Universal bank” xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda.

2026-yil 22-may kuni “Enabling Qapital” investitsiya jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishga mo‘ljallangan, umumiy summasi 6,5 million AQSh dollarini tashkil etuvchi kredit liniyasi bo‘yicha 5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ olindi.


Mazkur hamkorlik doirasida jalb qilingan mablag‘lar kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishga, jumladan, xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va mamlakat hududlarida barqaror biznesni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.


“Enabling Qapital”dan moliyaviy mablag‘lar jalb qilinishi “Universal bank” ATBga kichik biznesni kredit orqali qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga ko‘maklashish, moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish va O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish imkonini beradi.


ATB “Universal bank” ushbu hamkorlikni xalqaro investitsiya tashkilotlari bilan sheriklik aloqalarini mustahkamlashdagi muhim bosqich deb hisoblaydi hamda qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish va moliyalashtirishning ilg‘or xalqaro tajribalarini joriy etish maqsadida “Enabling Qapital” bilan hamkorlikni yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.

26.05.2026 09:55

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo`ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!