
«Omadli xarid» aksiyasining 1-bosqichi yakunlari: g‘oliblarni e’lon qilamiz!
ATB «Universal bank» UZCARD bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan «Omadli xarid» aksiyasining birinchi bosqichi yakunlandi!
O‘tkazilgan o‘yin natijalariga ko‘ra, 5 nafar g‘olib aniqlandi. Ularning har biri yangi iPhone 17 smartfoniga ega bo‘ldi
1-bosqich g‘oliblari:
- ABDURAIMOV O.R.
- BAXTIYOROV A.A.
- MADRAXIMOVA X.B.
- MIRZABEKOV A.M.
- YUSUPOV Z.V.
G‘oliblarni tabriklaymiz! Sovrinlardan mamnuniyat bilan foydalanishlarini tilaymiz!
Aksiya ishtirokchilari uchun esa yana bir imkoniyat bor — 11-sentabrdan «Omadli xarid» aksiyasining 2-bosqichi boshlandi! Oldinda yana 5 ta iPhone 17 o‘ynaladi!
ATB «Universal bank» tomonidan chiqarilgan UZCARD kartasi orqali amalga oshirilgan har 150 000 so‘mlik xarid uchun ishtirokchiga 1 ta virtual kupon beriladi. Xaridlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, virtual kuponlar va g‘olib bo‘lish imkoniyati shuncha ko‘p!
Ishtirok eting va ATB «Universal bank» yangiliklarini kuzatib boring — navbatdagi iPhone 17 aynan sizniki bo‘lishi mumkin!
16.09.2026 12:34










