• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

ATB “Universal bank” kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun Symbiotics’dan 1,75 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini jalb qildi

2026-yil 14-oktabr kuni ATB “Universal bank” Symbiotics bilan 3 yil muddatga 1,75 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha kredit shartnomasini imzoladi.

Jalb qilingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasidagi kichik va o‘rta biznes subyektlarini moliyalashtirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda biznesning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Mazkur hamkorlik bankning xalqaro sheriklik aloqalarini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, xorijiy investitsiya institutlarining ATB “Universal bank” faoliyatiga bo‘lgan ishonchini tasdiqlaydi.

Loyihaning amalga oshirilishi bankka tadbirkorlikning barqaror rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va mamlakatdagi iqtisodiy faollikning oshishini qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish imkonini beradi.

ATB “Universal bank” kichik va o‘rta biznes segmentidagi mijozlarni moliyalashtirish va qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy yondashuvlarini joriy etib, xalqaro moliya tashkilotlari va investitsiya fondlari bilan hamkorlikni izchil kengaytirmoqda.

16.10.2026 05:05

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo'ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!