
ATB «Universal bank» Boshqaruv raisining Qarshi shahrida jismoniy va yuridik shaxslarni qabuli
Hurmatli tashrif buyuruvchilar!
2026-yil 12-noyabr kuni «Universal bank» ATB Boshqaruv raisi Buvanazarov Alisher Anvarovich Qarshi shahrida jismoniy va yuridik shaxslar uchun qabul o‘tkazadi. Qabul jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida tashkil etiladi.
Sana: 2026-yil 12-noyabr
Vaqt: soat 11:00 dan 12:30 gacha
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, «Alisher Navoiy» MFY, Mustaqillik ko‘chasi, 3A-uy, Universal bank binosi.
Mas’ul shaxslar:
R. Xodjayev — +998 91 741 07 58;
A. Muxamadiyev — +998 97 200 11 18.
27.10.2026 05:42











