
Universal bank xorijiy valyutadagi korporativ obligatsiyalar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi
Universal bank kapital bozoridagi «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida xorijiy valyutada denominatsiyalangan korporativ obligatsiyalar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Emissiyaning umumiy hajmi 10 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Emissiya doirasida nominal qiymati 100 AQSh dollaridan bo‘lgan 100 000 dona obligatsiya chiqariladi.
Obligatsiyalarning muomala muddati 730 kun, kupon daromadliligi esa yillik 8,5 foizni tashkil etadi. Kupon to‘lovlari har 90 kunda amalga oshiriladi.
Obligatsiyalar «Toshkent» Respublika fond birjasining «Bond Market» obligatsiyalar bozorida investorlar doirasi cheklanmagan holda ochiq obuna usulida joylashtiriladi.
Emissiya bo‘yicha anderrayter va broker funksiyalarini «BIRINCHI BANKLARARO DEPOZITARIY» MChJ amalga oshiradi.
Mazkur emissiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-son Farmoni hamda kapital bozoridagi «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida amalga oshirilmoqda.
14.09.2026 13:30










