• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

ATB «Universal bank» va Xitoyning Harbin Bank banki Xitoy yuanida vakillik hisobvarag‘ini ochish bo‘yicha bitim imzoladi

2026-yil 15-oktabr kuni ATB «Universal bank» va Xitoyning Harbin Bank banki Xitoy yuanida (CNY) vakillik hisobvarag‘ini ochish bo‘yicha bitim imzoladi. Ushbu bitim asosida Universal bank Harbin Bankda vakillik hisobvarag‘ini ochdi.

Yangi hisobvaraq Universal bankning xalqaro vakillik tarmog‘ini kengaytiradi hamda O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri bo‘lgan Xitoy moliya institutlari bilan aloqalarini mustahkamlaydi.

Endilikda Universal bank mijozlari yangi hisobvaraq orqali Xitoy yuanida transchegaraviy to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bu tadbirkorlik subyektlariga xitoylik savdo hamkorlari bilan hisob-kitoblarni osonlashtiradi.


Harbin Bankka hamkorlik uchun minnatdorlik bildiramiz va hamkorligimiz davom etishiga umid qilamiz.

13.11.2026 12:55

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo'ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!