• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

ATB «Universal bank» «uzA+» kredit reytingini «Ijobiy» prognoz bilan tasdiqladi

2026-yil II choragi yakunlariga ko‘ra, «Ahbor-Reyting» reyting agentligi ATB «Universal bank»ning kredit reytingini «uzA+» darajasida «Ijobiy» prognoz bilan tasdiqladi.

Reytingning tasdiqlanishi bankning barqaror moliyaviy holati hamda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan asosiy ko‘rsatkichlarning ijobiy dinamikasini aks ettiradi.


2026-yil II choragi yakunlari bo‘yicha ATB «Universal bank»ning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari quyidagicha o‘sdi:

  1. Jami aktivlar — 30,99% ga o‘sib, 5 113,18 mlrd so‘mni tashkil etdi;
  2. Kredit portfeli — 36,72% ga o‘sib, 2 370,91 mlrd so‘mga yetdi;
  3. Mijozlar depozitlari — 35,05% ga o‘sib, 3 236,87 mlrd so‘mni tashkil etdi;
  4. Xususiy kapital — 25,99% ga o‘sib, 895,40 mlrd so‘mga yetdi;
  5. Sof foizli daromad — 22,60% ga o‘sib, 109,83 mlrd so‘mni tashkil etdi.


Kredit reytingining yuqori darajada «Ijobiy» prognoz bilan tasdiqlanishi bankning izchil rivojlanishi, moliyaviy barqarorligining mustahkamlanishi va asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarining o‘sib borayotganini tasdiqlaydi.


ATB «Universal bank» bank mahsulotlari va xizmatlarini takomillashtirish, zamonaviy yechimlarni joriy etish hamda mijozlar uchun yangi imkoniyatlarni yaratishda davom etmoqda.

28.08.2026 10:52

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo'ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!