• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

ATB «Universal bank» — kapital bozoridagi «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi

ATB «Universal bank» O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan kapital bozori sohasidagi «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.


Mazkur rejim doirasida ATB «Universal bank» xorijiy valyutada denominatsiya qilingan obligatsiyalarni chiqarishni rejalashtirmoqda. Obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonida investitsiya vositachisi sifatida, shuningdek, maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan «Birinchi Banklararo Depozitariy» MChJ ishtirok etadi.


«Tartibga solish qumdoni»da ishtirok etish yangi moliyaviy vositalarni amaliyotga joriy etish hamda kapital bozorida moliyalashtirishni jalb qilishning zamonaviy mexanizmlarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.


ATB «Universal bank» uchun bu moliyalashtirish vositalarini kengaytirish, kapital bozorini rivojlantirish va zamonaviy moliyaviy yechimlarni joriy etish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.


Biz bankning barqaror o‘sishini ta’minlash, shuningdek, mijozlarimiz va hamkorlarimiz uchun moliyaviy vositalar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan yangi imkoniyatlarni izchil rivojlantirishda davom etamiz.

14.08.2026 12:41

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo'ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!