
ATB “Universalbank” jamoasi sizlarni muborak Qurbon Hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaydi!
Hurmatli yurtdoshlar!
ATB “Universalbank” jamoasi sizlarni muborak Qurbon Hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaydi!
Ushbu ulug‘ ayyom xonadonlaringizga fayz-u baraka, qalblaringizga mehr-oqibat va xotirjamlik olib kirsin. Yaqinlaringiz bilan birga sihat-salomatlikda, tinch va farovon hayotda yashashingizni tilaymiz.
Ezgu niyat va duolaringiz ijobat bo‘lsin, qilgan savobli amallaringiz ajr-u mukofotlarga to‘lsin.
Qurbon Hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
ATB “Universal bank”
27.05.2026 08:39








