• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

ATB “Universal bank” YETTB bilan 5 million AQSH dollarlik kredit liniyasi doirasida birinchi transhni oldi

2025-yil 10-dekabrda ATB "Universal bank" va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan 5 million AQSH dollari miqdoridagi kredit bitimi imzolandi.


2026-yil 27-aprelda Bank ushbu kredit liniyasi doirasida 2,5 million AQSH dollari miqdoridagi birinchi transhni oldi. Jalb qilingan mablag‘lar kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi, bunda liniya umumiy summasining 30 foizi ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun mo‘ljallangan. Yangi moliyalashtirishni jalb qilish ATB "Universal bank"ga kichik biznes korxonalari va xususiy tadbirkorlarni kredit bilan qo‘llab-quvvatlash hajmini kengaytirish, ish o‘rinlarini yaratish, hududlarning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish imkonini beradi.


ATB "Universal bank" tadbirkorlarning moliyaviy resurslardan foydalanishini ta’minlash va bank sohasida ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish maqsadida YETTB bilan faol hamkorlikni davom ettiradi.

13.05.2026 18:01

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo`ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!