• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

ATB “Universal bank” Yangi avlod banki transformatsiya va rivojlanish strategiyasini amalga oshirish maqsadida korporativ boshqaruv tizimini kuchaytirmoqda

“Universal bank” korporativ boshqaruv tizimidagi yangi tayinlov haqida ma’lum qiladi:


🔹 Ulug‘bek Tavakkalov Kuzatuv Kengashi Raisining Maslahatchisi etib tayinlandi.


Mazkur tayinlov ATB “Universal bank”ning transformatsiya strategiyasini amalga oshirishdagi muhim bosqich bo‘lib, ilg‘or raqamli texnologiyalar, mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar, samarali biznes jarayonlari, innovatsion mahsulotlar va korporativ boshqaruvning ilg‘or amaliyotlarini o‘zida mujassam etgan yangi avlod banki — zamonaviy Yangi avlod banki modelini rivojlantirishga qaratilgan.


Korporativ boshqaruv tizimini yanada mustahkamlash va xalqaro ekspertizani jalb etish bankka strategik tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish hamda mijozlar, aksiyadorlar va hamkorlar uchun qo'shimcha qiymat yaratish imkonini beradi.


Ulug‘bek Tavakkalov bank sektorida hamda moliya tashkilotlarini strategik rivojlantirish yo‘nalishida katta tajribaga ega. Uning ekspertizasi bankning yanada rivojlanishi va ustuvor strategik tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga ko'maklashadi.


Kuzatuv Kengashi tarkibi hamda uning maslahat va ekspertlik salohiyatining kuchaytirilishi bank transformatsiyasi strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli ekotizimni rivojlantirish, korporativ boshqaruvni mustahkamlash, qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirish va uzoq muddatli barqaror o‘sish uchun mustahkam poydevor yaratishga yordam beradi.


Ulug‘bek Tavakkalovni yangi tayinlovlari bilan tabriklaymiz hamda bankning strategik maqsadlariga erishish yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.


23.07.2026 08:15

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo'ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!