• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

AKSIYADORLARNING YILLIK UMUMIY YIG‘ILISHINI O‘TKAZISH

Aksiyadorlik-tijorat banki “Universal bank” aksiyadorlari diqqatiga!


ATB “Universal bank” aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi 2026-yil 16-iyun kuni soat 11:00 da Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Shoxruxobod ko‘chasida joylashgan bank binosida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.


Umumiy yig‘ilish kun tartibi:


​1.​Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2.​Bank Kuzatuv kengashining 2025-yil yakunlari bo‘yicha hisoboti.

3.​Bank Boshqaruvining 2025-yil yakuni bo‘yicha hisoboti.

4.​Bankning 2025-yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotini, buxgalteriya balansini, foyda va zararlari to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.

5.​Bank tashqi auditorining 2025-yil yakuni bo‘yicha xulosasini tasdiqlash.

6.​Bankning minoritar aksiyadorlari qo‘mitasi hisoboti.

7.​Bankning 2025-yil yakuni bo‘yicha sof foydasini tasdiqlash va taqsimlash.

8.​Bankning 2025-yil yakuni bo‘yicha foydasidan dividendlar to‘lash.

9.​Bank Kuzatuv kengashi tarkibini saylash.

10.​Bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosini saylash.

11.​Bank Kuzatuv kengashi a’zolariga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash.

12.​Bank tomonidan homiylik yoki beg‘araz yordam ko‘rsatish shartlarini belgilash hamda ushbu masalalar yuzasidan qaror qabul qilish huquqini bank Kuzatuv kengashiga berish.

13.​Bank Kuzatuv kengashi a’zolarining xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash.

14.​Bankning umidsiz aktivlarini hisobdan chiqarish.

15.​Majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish.

16.​Bankning minoritar aksiyadorlari qo‘mitasi a’zolarini saylash.

17.​Bank Ustaviga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish.

18.​Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash..

 

​Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishio‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2026yil 21-may.

Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi: 2026-yil 10-iyun. 

Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishiga doir materiallar bilan quyidagi manzilda tanishib chiqish mumkin: Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, Shoxruxobod ko‘chasi.

Yig‘ilishda qatnashuvchi aksiyadorlarni ro‘yxatga olishning boshlan ish vaqti: 2026-yil 16-iyun, soat 10:00.

Aksiyadorlardan yig‘ilishga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan, aksiyadorlar vakillaridan esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Ma’lumot uchun telefon: : (+99871) 200-11-10 ichki raqam 1071


Hurmat bilan,

Bank Kuzatuv kengashi va Boshqaruvi.


 

21.05.2026 11:12

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo`ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!