
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillik shodiyonasi bilan!
Hurmatli mijozlar!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillik shodiyonasi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz.
Ushbu ulug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadoningizga fayz-u baraka, faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har bir kuningiz quvonch va yangi marralarga to'lsin.
Ezgu ishlaringiz Vatanimiz ravnaqi, shon-shuhrati va xalqimiz tinchligini mustahkamlashga xizmat qilib, yurtimiz yuksalishi yo‘lida doimo omad sizga hamroh bo‘lishini tilaymiz.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Universalbank
01.09.2025 10:58










