
Universalbank "Kelajakka sarmoya", "Smart-5" va "Smart-8" omonatlari bo‘yicha mablag‘lar qabul qilinishi to‘xtatilganligi haqida ma’lum qiladi
Hurmatli mijozlar!
Universalbank Sizni xabardor qiladi:
Bank Boshqaruvining 2025 yil 11 dekabrdagi №201-sonli qaroriga asosan, 2025 yil 23 dekabrdan boshlab quyidagi muddatli omonatlar bo‘yicha mablag‘ qabul qilish to‘xtatiladi:
- "Kelajakka sarmoya" milliy valyutada (oflayn va onlayn shaklda);
- xorijiy valyutadagi "Smart-5" va "Smart-8" omonatlari.
Mazkur qarorga muvofiq, ushbu omonat turlari bo‘yicha ma’lumotlar bankning rasmiy sayti — www.universalbank.uz hamda aloqa markazidan olib tashlanadi.
Hurmat bilan,
Universalbank
18.03.2026 12:17








