• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

ATB “Universal bank” Kuzatuv kengashi va Boshqaruvi tomonidan “Ekologik va ijtimoiy siyosat” rasman tasdiqlandi

ATB “Universal bank” barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiqligini namoyon etgan holda, xalqaro ESG (Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) standartlarini bank faoliyatiga izchil joriy etishda navbatdagi muhim bosqichni bosib o‘tdi. Kuzatuv kengashi hamda Bank Boshqaruvi tomonidan Bankning “Ekologik va ijtimoiy siyosati” (Environmental and Social Policy) rasman ma’qullandi va tasdiqlandi.


Ushbu hujjatning qabul qilinishi Bankning atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy mas’uliyat va mas’uliyatli moliyalashtirish sohasidagi strategik maqsadlarini belgilab beradi hamda yetakchi xalqaro moliyaviy institutlarning zamonaviy talablariga to‘liq muvofiq keladi.


Siyosat doirasida atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, resurslarni tejash hamda ekologik xavfsiz va barqaror loyihalarni ustuvor ravishda moliyalashtirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, mehnat muhofazasi, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, inklyuzivlik va gender tengligi tamoyillarini ta’minlash hamda xodimlarning huquqlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Ekologik va ijtimoiy xavf-xatarlarni boshqarish tizimi (ESMS) esa ilg‘or xalqaro mezonlar va institutsional tajribalar asosida yuritiladi.


Ushbu Siyosatning joriy etilishi Bankning barqaror iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda mijozlar va hamkorlar oldidagi mas’uliyatini yanada oshirishga bo‘lgan intilishini aks ettiradi.


27.07.2026 13:03

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo'ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!