• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

ATB "Universal bank" islom bankchiligi sohasidagi ekspertizasini mustahkamlamoqda

ATB "Universal bank" vakillari O‘zbekistonda islomiy moliyani rivojlantirish loyihasi doirasida 29-iyun – 20-iyul kunlari Malayziyada bo‘lib o‘tgan islom bankchiligi bo‘yicha xalqaro stajirovka dasturini muvaffaqiyatli yakunladilar.


Dastur davomida bank mutaxassislari Maybank Islamic Berhad ekspertlari tomonidan islom bankchiligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rgandilar. O‘quv dasturi islomiy darcha faoliyatini tashkil etish va boshqarish, shariat nazorati tizimini yo‘lga qo‘yish, risklarni boshqarish, islomiy moliyalashtirish mahsulotlarini ishlab chiqish hamda xalqaro standartlarga muvofiq samarali operatsion jarayonlarni tashkil etish masalalarini qamrab oldi.


Xalqaro stajirovkada ishtirok etish ATB "Universal bank" mutaxassislariga qimmatli amaliy tajriba orttirish, yetakchi islomiy moliya institutlarining ilg‘or yondashuvlari bilan yaqindan tanishish hamda ushbu yo‘nalishdagi kasbiy salohiyatini yanada mustahkamlash imkonini berdi.


ATB "Universal bank" xalqaro tajribalarni izchil o‘rganish va joriy etishni davom ettirmoqda. Olingan bilim va ko‘nikmalar mijozlar uchun qulay, ishonchli va zamonaviy moliyaviy yechimlarni taklif etishga, bank mahsulotlari hamda xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.


29.07.2026 12:25

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo'ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!