Universal bank Boku shahrida ko‘chma seminar o‘tkazdi
Xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish va korporativ madaniyatni mustahkamlash maqsadida ATB "Universal bank" 2026-yil 12-17-sentyabr kunlari Boku shahrida "ALPHA SOLUTIONS" NTM va "CAT UNICOM" MCHJ bilan hamkorlikda sayyor seminar tashkil etdi.
Seminar doirasida bank xodimlari uchun boshqaruv va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, jamoaviy ishni takomillashtirish, hamkasblar o‘rtasida samarali hamkorlik qilish va umumiy maqsadlarga erishishda yagona yondashuvni shakllantirishga qaratilgan mazmunli dastur tashkil etildi.
Muloqot, yetakchilik, o‘zaro yordam va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirning norasmiy shakli turli bo‘linmalar xodimlariga bir-birlarini yaxshiroq bilish, ish aloqalarini mustahkamlash va jamoaviy hamjihatlik darajasini oshirish imkonini berdi.
Bunday tadbirlarni o‘tkazish Universal bankning inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlarining bir qismidir. Bank xodimlarning kasbiy rivojlanishini hamda kuchli, g‘ayratli va hamjihat jamoani shakllantirishni barqaror rivojlanish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishning muhim sharti deb biladi.
Sayyor seminar nafaqat ta’lim olish va tajriba almashish imkoniyati, balki yangi g‘oyalarni shakllantirish, korporativ qadriyatlarni mustahkamlash va xodimlarning faolligini oshirish maydoniga aylandi.
Universal bank o‘z xodimlarining rivojlanishiga sarmoya kiritishda davom etmoqda, chunki aynan professional va yagona jamoa bankning muvaffaqiyatli rivojlanishi va strategik maqsadlariga erishishining asosiy omillaridan biridir.
23.09.2026 10:39