• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

❗️2026-yil 1-apreldan ayrim to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi

Hurmatli mijozlar!


2026-yil 1-apreldan boshlab ayrim xizmat va savdo yo‘nalishlarida to‘lovlar faqat bank kartalari hamda elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilinadi.


Ushbu tartib moliyaviy operatsiyalar shaffofligini oshirish va to‘lovlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.


Naqdsiz shaklga o‘tkaziladigan yo‘nalishlar:


- Davlat xizmatlari

- Kommunal to‘lovlar

- Tamaki va alkogol mahsulotlari

- AYoQShlarda yoqilg‘i uchun to‘lovlar

- 25 mln so‘mdan yuqori xaridlar


Qulay va xavfsiz to‘lovlar uchun bank kartalari hamda mobil ilovadan foydalaning.

26.02.2026 08:18

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo`ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!