Kredit miqdori - 300 000 000 (uch yuz million) so‘mgacha
Kredit maqsadi - Uy joyni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish uchun.
Kredit muddati - Imtiyozli davrsiz 120 oy muddatgacha
Foiz stavkasi - Yillik 24%
Kredit foizlariga Boshqaruv qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar:
O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan, 18 yoshga to'lgan, shuningdek ish haqi ko'rinishidagi oylik rasmiy daromadiga ega bo'lgan yoki o’zini o’zi band qilgan jismoniy shaxslar.
Taqdim etish shakli:
- Qurilish tashkiloti yoki qurilish mollari sotuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan tashkilotning hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi.
Talab etiladigan hujjatlar:
- Qarz oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va h.k.);
- Ta’mirlanayotgan uy-joyning kadastr nusxasi;
- Qurilish tashkiloti bilan tuzilgan pudrat shartnomasi yoki qurilish materiallari sotadigan tashkilot bilan tuzilgan shartnoma;
- Agar garov taqdim qilinganda garov hujjatlari.
Kredit ta’minoti:
Ta’mirlanayotgan uy-joyning o’zi yoki bank talablariga muvofiq keluvchi likvidli mol-mulk garovi – kredit miqdorining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda kredit ta’minotiga qabul qilinadi. Bankka aloqador bo'lgan shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo'yicha 130% qiymatida garov qabul qilinadi.
Kredit qaytarish tartibi:
Kredit va hisoblangan foizlarni to‘lash kredit shartnomasida belgilangan tartibda va shartlarda annuitet va differensial to‘lov usulida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha shartlar:
Kredit olishni istagan qarz oluvchi rasmiy daromadga ega bo’lsa, kreditni olish uchun ariza berganida, oxirgi ish joyida kamida 6 (olti) oy davomida uzluksiz ishlagan bo‘lishi lozim. Qarz oluvchining o‘rtacha oylik sof daromadining 50%i iste’mol krediti bo‘yicha eng yuqori oylik to‘lov hamda mavjud kreditlar/qarzlar bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo‘lishi lozim
Sizning kreditingizni hisoblaymiz
Kalkulyator orqali birinchi hisob-kitob. Buyurtmani tasdiqlagach shaxsiy ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.