• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Uzcard Moment — murojaat qilgan kunning o‘zida rasmiylashtiriladigan va beriladigan milliy to‘lov kartasi. Kartaning tayyorlanishini kutmasdan, xaridlar uchun to‘lov qilish, pul o‘tkazish, naqd pul yechib olish va moliyangizni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Moment kartasini www.universalbank.uz saytidan buyurtma qiling va qisqa vaqt ichida uni qo'lga kiriting. Bu vaqtini qadrlaydigan hamda bank xizmatlaridan darhol foydalanishni istaydigan mijozlar uchun qulay yechimdir.


Uzcard Moment kartasining afzalliklari

Tezkor rasmiylashtirish

Kartani bankka bir marta tashrif buyurib oling va undan darhol foydalanishni boshlang.

💳 Kundalik qulay to‘lovlar

Do‘konlarda, xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida va internetda tez, qulay hamda xavfsiz to‘lovlarni amalga oshiring.

💸 Tezkor pul o‘tkazmalari

Kartalar o‘rtasida mablag‘larni o‘tkazing va zamonaviy bank xizmatlari orqali to‘lovlarni amalga oshiring.

🏧 Naqd pul yechib olish

Butun O‘zbekiston bo‘ylab bankomatlardan naqd pul yechib oling va keng xizmat ko‘rsatish tarmog‘idan foydalaning.

🔒 Ishonchli himoya

Zamonaviy xavfsizlik texnologiyalari mablag‘laringiz va barcha operatsiyalaringizni ishonchli himoya qiladi.

📱 Mablag'laringizni boshqaring

Mobil ilova orqali kartangizni boshqaring, operatsiyalarni kuzating va bildirishnomalarni qabul qiling

Rasmiylashtirish tartibi:

Onlayn anketani to‘ldiring va olish usulini tanlang

  • Bank bo‘limida

Talablar:

18 yoshdan oshgan jismoniy shaxs bo‘lishi

Pasport yoki ID-karta

Faollashtirish:

UNIVERSALBANK ilovasini o‘rnating

Identifikatsiyadan o‘ting

"Mening kartalarim""Karta qo‘shish" bo‘limida Moment karta raqamini kiriting va PIN-kodni o‘rnating

Tariflar