ATB “Universal bank” islomiy moliya mahsulotlarini rivojlantirish va joriy etish uchun professional hamda g‘ayratli mutaxassisni ishga taklif qiladi. Ushbu lavozim yangi yo‘nalishni shakllantirishda faol ishtirok etishni, zamonaviy moliyaviy vositalar bilan ishlashni hamda islom bankchiligi xalqaro standartlari bilan hamkorlik qilishni o‘z ichiga oladi.
Asosiy vazifalar:
- Islomiy moliyalashtirish bitimlari doirasida mijozlarni (yuridik va jismoniy shaxslarni) tahlil qilish va kompleks baholashni amalga oshirish
- Islom bankchiligi mahsulotlari (murabaha, ijara, musharaka va b.) bilan ishlash
- Barcha amaliyotlarning shariat tamoyillari va bankning ichki tartib-qoidalariga muvofiqligini ta’minlash
- Yangi islomiy moliyalashtirish mahsulotlarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va joriy etishda qatnashish
- Yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha hisobotlar tayyorlash va tahliliy ishlarda ishtirok etish
Talablar:
- Moliya, iqtisodiyot yoki bank sohasi bo‘yicha oliy ma’lumot
- Kreditlash bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi (islom moliyasi bo‘yicha tajriba afzallik hisoblanadi)
- Rus va ingliz tillarini bilish.
- Mas’uliyatlilik, e’tiborlilik, natijaga yo‘naltirilganlik va muddatlarga rioya qilish
Afzalliklari:
- Islom moliyasi sohasida professional sertifikatlarning mavjudligi
- Islom bankchiligi mahsulotlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajriba
- Xalqaro moliya institutlari va maslahatchilar bilan o‘zaro hamkorlik tajribasi

