Yangi ATB "Universalbank"ning Zangiota filiali ochilishi

20 May 2019 2763

ATB  "Universalbank" Toshkent viloyatining Zangiota tumani Mustaqillik ko'chasi 24-uy manzili bo’yicha yangi filial ochilganligini ma’lum qiladi. "Universalbank" ATB bank xizmatlari bozorining barcha jabhalarida kuchli raqobatbardosh o’ringa ega bo'lib, o’zida mijozga xizmat ko'rsatishning yuqori sifati va e'tiborni uyg’unlashtiradi.

Bank korporativ boshqaruv va chakana savdo segmentlarida faol ishtirok etadi. Moslashuvchan tariflar, mijozlar biznesining o'ziga xos xususiyatlariga individual yondashish, bozor talablariga muvofiq yangi zamonaviy bank mahsulotlarini ishlab chiqish bankning moliyaviy ko'rsatkichlarining jadal o'sishiga olib keladi, bu esa o’z navbatida bankni yanada muvaffaqiyatli rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi.

Bugungi kunda bank rivojlanishning yangi bosqichida bo’lib, zamonaviy bank texnologiyalari, bank mahsulotlariga bo'lgan real talab o'zgarishlariga tezkor javob, xizmatlarning keng ko’lamligi asosiy ustuvor yo’nalish qilib belgilangan.

Mijozlar bazasini kichik va xususiy korxonalar hamda jismoniy shaxslar tashkil etadi. Yangi filial ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'lidan borib, Zangiota tumani fuqarolari hayotini yaxshilashga o’z xissasini qo’shadi.

Filial binosida mijozlarga maksimal qulaylik yaratilgan bo’lib, unda korporativ mijozlar bilan muloqat qilish xonalar, mijozlar uchun qulash kutish xonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlar burchagi mavjud. Shu bilan birga, yangi filialda mijozlarga o'ziga o'zi xizmat ko'rsatish uchun burchagi hamda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida infokiosklar va bankomatlar o'rnatilgan.

Zangiota filialining ochilish munosabati bilan mijozlarga nafaqat yangi mahsulot va bank xizmatlarini taqdim etish, balki kreditlar va depozitlar bo'yicha juda qulay imtiyozlifoizlar, korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatishning imtiyozli stavkalari, E-POS virtual terminallar xizmati, UNIRED kreditlash xizmatlari taqdim etib boriladi.

filial

filial1 

filial2