Visa

 

VISA – jahondagi eng yirik xalqaro toʻlov tizimlaridan biri boʻlib, Visa plastik kartalari 200 dan ortiq mamlakatning savdo nuqtalarida toʻlovga qabul qilinadi.

Hozirgi kunda Universalbank tomonidan mijozlarga Visa Electron plastik kartalari tayyorlab taqdim etilmoqda. Ushbu kartalarni tayyorlab berish (3 bank ish kunida), yoʻqotilgan, shikastlangan yoki muddati tugagan kartalar oʻrniga yangisini berish bepul amalga oshiriladi.

Kartaning zaxira depoziti – 10 AQSH dollaridan iborat.

Visa Electron plastik kartalariga mablagʻlarni naqd yoki naqdsiz AQSH dollarida kirim qilish mumkin, shuningdek Uzcard yoki Humo plastik kartalaridagi mablagʻlarni Universal Mobile mobil ilovasi yordamida AQSH dollariga konversiya qilib Visa kartalarni toʻldirish imkoniyati mavjud. Milliy valyutadagi mablagʻlarni  AQSH dollariga konversiya qilishda bankning amaldagi sotuv kursi qoʻllaniladi.

Visa plastik kartalariga toʻldirilgan mablagʻlarni Universalbankning istalgan filialida hech qanday komissiyasiz naqd AQSH dollari koʻrinishida yechib olish mumkin. Xorijda naqdsiz toʻlovlar uchun tranzaksiya summasidan 0.5%, naqd yechilgan summadan 1.5% komissiya olinadi. Visa пластик kartasi yordamida internet orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati ham mavjud.

VISA kartasini olish uchun bankga ariza va pasport nusxasini taqdim etib, plastik kartadan foydalanish shartnomasini imzolash zarur.