Konversion karta

 

Konversion karta – bu xalqaro to‘lov tizimlarining kartasi bo‘lib, milliy valyutadagi mablag‘larni xorijiy valyuta (asosan AQSh dollariga) konversiya qilgan holda kartani to‘ldirish imkoniyatini beradi.

Universalbankda xozirgi kunda konversion kartalar sifatida Visa Electron plastik kartalari qo‘llaniladi.

Milliy valyutadagi mablag‘larni konversiya qilib, konversion kartani to‘ldirish uchun mijoz bevosita bankka murojaat qilishi yoki bankka kelmasdan turib Universal Mobile mobil ilovasi yordamida onlayn konversiyani amalga oshirishi mumkin. Milliy valyutadagi mablag‘larni AQSh dollariga konversiya qilishda bankning amaldagi sotuv kursi qo‘llaniladi.