Uzcard

 

Uzcard plastik kartalari – milliy valyutada O‘zbekiston bo‘ylab naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishning zamonaviy vositasi bo‘lib, bankda ochilgan hisobraqam orqali bank xodimining bevosita ishtirokisiz tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini yaratadi.

Mazkur tizimda ochilgan plastik kartalar xalqaro standartlarga asosan 16 xonali belgilar bilan raqamlanadi. Universalbankning Uzcard plastik kartalari “860048” raqamlari bilan boshlanadi.

Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar Uzcard plastik kartalari bepul taqdim etiladi. Boshqa maqsadlari uchun plastik kartalarni tayyorlab berish – 25000 so‘m.

Yuqotilgan, shikastlangan yoki muddati tugagan kartalar o‘rniga yangisini tayyorlab berish – 25000 so‘m.

Plastik kartani olish uchun bankga ariza va pasport nusxasini taqdim etib, plastik kartadan foydalanish shartnomasini imzolash zarur.