Pul o'tkazmalari

Agar pul mablag’larini yuborish zaruriyati bo'lsa, Universal Bank sizga xalqaro pul o'tkazmalari tizimidan foydalanishni taklif qiladi. Sizning pulingiz bir necha daqiqa ichida chet eldagi qarindosh yoki do'stlaringizga - MDH yoki uzoq xorijga jo’natiladi.

Bizning bankimizda Siz pul o‘tkazmalarining quyidagi tizimlari orqali yaqinlaringizga pul mablag‘larini o‘tkazib bеrishingiz mumkin:

WESTERN UNION

CONTACT


MoneyGram

Золотая корона

UNISTREAM

Pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun zarur ma’lumotlar:

O‘tkazma oluvchisining to‘liq ismi va familiyasi

O‘tkazma summasi

Pul o‘tkaziladigan shahar va mamlakat

 

Pul o‘tkazmasi qanday amalga oshiriladi?

  1. Shaxsni tasdiqlovchi guvohnomani ko‘rsating va o‘tkaziladigan summani uni o‘tkazish uchun to‘lov bilan birga opеratorga topshiring.
  2. Opеratordan pul o‘tkazmasining nazorat raqami yozilgan kvitansiyasining nusxasi va boshqa zarur hujjatlarni oling. Pul o‘tkazmasining nazorat raqami (PO‘NR) yozilgan kvitansiya nusxasini saqlab qo‘ying.
  3. Oluvchiga pul o‘tkazmasini olish uchun zarur bo‘ladigan barcha ma’lumotlarni yеtkazing:
  • PO‘NR (ba’zi mamlakatlarda uni taqdim etish shart)
  • Jo‘natuvchining to‘liq ismi (Tizimda ko‘rsatilgan)
  • O‘tkazilma summasi
  • Jo‘natilgan mamlakat
  1. Oluvchi pul mablag‘larini o‘tkazma jo‘natilgan mamlakat va shahardagi xizmat ko‘rsatiladigan istalgan punktdan olishi mumkin.

Ish tartibi:

Hafta kuni Vaqti
Dushanba 9:00-16:00
Seshanba 9:00-16:00
Chorshanba 9:00-16:00
Payshanba 9:00-16:00
Juma 9:00-16:00
Shanba 9:00-16:00

 

 

  AKB «Universal bank» orqali jismoniy shaxslar xarijiy valyutada O‘zbekiston hududida va chet elga o‘tkazmalarni oddiy va qulay tarzda amalga oshirishi mumkin.

O‘zbekiston hududida o‘tkazmalarni amalga oshirishda:

- Taqdim etiladigan hujjatlar:

  1. a) shaxsni tasdiqlovchi hujjat
  2. b) belgilangan shaklda ariza
  3. v) invoys, hisob-faktura, shartnoma va boshqa to‘lov hujjati***

- Komissiya: Summadan 0,1% + SWIFT/TELEX xabarnomasi uchun xizmat haqi (EKOIHning 30 foizi)

- O‘tkazma o‘tish muddati: 2 bank ish kuni

- O‘tkazma valyutasi: AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli

- O‘tkazmani qabul qilish: oluvchining bank hisob raqami orqali.

 

O‘zbekiston hududida o‘tkazmalarni amalga oshirishda:

- Taqdim etiladigan hujjatlar:

  1. a) shaxsni tasdiqlovchi hujjat
  2. b) belgilangan shaklda ariza
  3. v) invoys, hisob-faktura, shartnoma va boshqa to‘lov hujjati***

- Komissiya: SWIFT/TELEX xabarnomasi uchun xizmat haqi (EKOIHning 50 foizi) + hamkor bank komissiyasi

- O‘tkazma o‘tish muddati: 3 bank ish kuni

- O‘tkazma valyutasi: AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli

- O‘tkazmani qabul qilish: oluvchining bank hisob raqami orqali.

 

 

 

O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslar quyidagi o‘tkazmalarni amalga oshirishlari mumkin:

- Boshqa tijorat banklaridagi o‘z hisob raqamlarini to‘ldirish maqsadida o‘tkazmalar;

- Boshqa jismoniy shaxslar foydasiga nosavdo tusidagi o‘tkazmalar*.

 

Chet elga jismoniy shaxslar quyidagi o‘tkazmalarni amalga oshirishlari mumkin:

- Jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlariga o‘tkazmalar*;

- Nosavdo tusidagi o‘tkazmalar**.

 

*- yuz million so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdorda

**- Nosavdo tusidagi pul o‘tkazmalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

- jismoniy shaxslar o‘rtasida yuz million so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi pul o‘tkazmalari;

- shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlarga (xizmatlarga, ishlarga) haq to‘lash;

- ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, alimentlar to‘lash;

- notarial va tergov harakatlari bilan bog‘liq to‘lovlar, shuningdek ishlarni sudlarda ko‘rish munosabati bilan davlat boji to‘lash;

- sudning, arbitrajning, shuningdek tergov organlarining va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qarorlari asosida pul mablag‘larini to‘lash;

- xalqaro kongresslarda, simpoziumlarda, konferensiyalarda, sport tadbirlarida va madaniy tadbirlarda, shuningdek boshqa xalqaro uchrashuvlarda, ko‘rgazmalarda va yarmarkalarda ishtirok etish uchun to‘lovlar, bundan investisiyaga oid va moddiy xarajatlar mustasno;

- vafot etganni dafn qilish bilan bog‘liq to‘lovlar;

- mualliflik haqini to‘lash, patent bojlarini to‘lash va intellektual mulk sohasidagi lisenziya shartnomalarining majburiyatlari bo‘yicha haq to‘lash;

- xalqaro notijorat tashkilotlarga badallar.

 

***- nosavdo tusidagi o‘tkazmalar uchun talab etiladi.