• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

«Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-1031-son, 18.02.2025 y.) qabul qilindi

«Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ-1031-son, 18.02.2025 y.) qabul qilindi.

Qonun jismoniy shaxslarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shuningdek yuridik shaxslarning banklardagi omonatlarini kafolatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.Endilikda aholiga qo‘shimcha ravishda tadbirkorlik subyektlarining ham banklardagi mablag‘lari omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kafolatlanishi belgilandi.

Qonun loyihasiga asosan kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasini bir bankda bir omonatchiga 200 000 000 so‘m miqdorida belgilandi.

Kafolatlash hodisasi yuzaga kelgan taqdirda, agentlik qonunga asosan faqat 200 000 000 so‘mgacha bo‘lgan mablag‘larni qaytarilishini kafolatlaydi. Omonatchilarning qolgan summasi bank aktivlari hisobidan qoplab beriladi. Shuningdek, fuqarolar 200 000 000 so‘mgacha bo‘lgan mablag‘larini bir nechta banklarga joylashtirgan holda ushbu mablag‘larning har biri uchun agentlik tomonidan to‘liq kafolat olishlari ham mumkin.  

  Ushbu qonunning aholi uchun qulaylik tomonlaridan yana biri kafolatlash hodisasi yuzaga kelganda omonatlarni qaytarishni boshlash muddati bosqichma-bosqich 7 ish kuniga qisqartirilmoqda. Amaldagi tartib bo‘yicha ushbu qaytarish muddati 2 oy 23 kunni tashkil etgan. Yangi qonunga ko‘ra:

2025 yil 20 ish kuni,

2026 yil 1-yanvardan 15 ish kuni,

2027 yil 1-yanvardan 7 ish kuni doirasida amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda omonatlarni kafolatlashning yangi qoidalari omonatchilarga aniq himoya mexanizmlarini taqdim etadi va eng yaxshi jahon amaliyotlariga mos keladi. Omonatlarni oqilona boshqarish, diversifikatsiya qilish, ishonchli banklarni tanlash va moliyaviy ko‘rsatkichlarni nazorat qilish jamg‘armalarni saqlash va ko‘paytirishga yordam beradi.

Mamlakatning zamonaviy bank tizimi omonatlar uchun barqaror asosni ta’minlaydi va tezlashtirilgan qoplash jarayoni uni yanada ishonchliroq qiladi. Omonatchilar xotirjam bo‘lishlari mumkin: ularning jamg‘armalari ishonchli kafolat ostida.

Omonatlar “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun tomonidan himoyalangan.

27.03.2025 14:22

Boshqa yangiliklar

Item 1 of 12

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo`ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!