• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Yangiliklar

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishini o'tkazish

Aksiyadorlik-tijorat banki "Universal bank"

aksiyadorlari diqqatiga!

 Aksiyadorlik-tijorat banki "Universal bank" Aksiyadorlari diqqatiga! ATB "Universalbank" Aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig'ilishi 2024 yil26 iyunkuni soat11:00da Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri, Shoxruxobod ko'chasida joylashgan bank binosida o'tkazilishini ma'lum qiladi.

Umumiy yig’ilish kun tartibi:

1. Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Bank Kuzatuv Kengashining 2023 yil yakunlari bo'yicha hisobotini tasdiqlash.

3. Bank boshqaruvining 2023 yil yakuni bo'yicha hisobotini tasdiqlash.

4. Bankning 2023 yil yakuni bo'yicha yillik hisobotini, buxgalteriya balansini, foyda va

zararlari to'g'risidagi hisobotini tasdiqlash.

5. Bank tashqi auditorining 2023 yil yakuni bo'yicha xulosasini tasdiqlash.

6. Bankning minoritar Aksiyadorlari qo'mitasi hisobotini tasdiqlash.

7. Bankning 2023 yil yakuni bo'yicha sof foydasini tasdiqlash va taqsimlash.

8. Bank Kuzatuv kengashi a'zolariga to'lanadigan haq miqdorini belgilash.

9. Bank Kuzatuv kengashi a'zolarining xizmat safarlari bilan bog'liq xarajatlarini qoplash.

10. Bankning minoritar Aksiyadorlari qo'mitasi a'zolarini saylash.

11. Bank tomonidan homiylik yoki beg'araz yordam ko'rsatish shartlarini belgilash hamda ushbu

masalalar yuzasidan qaror qabul qilish huquqini bank Kuzatuv Kengashiga berish.

12. Majburiy auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu

tashkilotning xizmatlariga to'lanadigan eng ko'p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish.

13. Talab qilib olinmagan dividendlarni bank ixtiyorida qoldirish.

14. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

15. Bankning korporativ boshqaruv kodeksini tasdiqlash.

16. Bank ustaviga o'zgartirishlar kiritish.

17. "Kuzatuv kengashi to'g'risida"gi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.

18."Bank boshqaruvi to'g'risida"gi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash

Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig'ilishi o'tkazilishi haqida xabar qilish

uchun bank aksiyadorlari reestrini shakllantirish sanasi: 2024 yil 03 iyun.

Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig'ilishida qatnashish huquqiga ega bo'lgan

bank aksiyadorlari reestrini shakllantirish sanasi: 2024 yil 20 iyun.

Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig'ilishiga doir materiallar bilan quyidagi manzilda

tanishib chiqish mumkin: Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri, Shoxruxobod ko'chasi.

Yig'ilishda qatnashuvchi Aksiyadorlarni ro'yxatga olishning boshlan ish vaqti: 2024 yil 26 iyun, soat 10:00.

Aksiyadorlardan yig'ilishga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan, aksiyadorlar vakillaridan

esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari so'raladi.

Aksiyadorlardan ularga dividendlar to'lanishi uchun tegishli bank hisobvaraq ma'lumotlarini taqdim etishlari so'raladi.

Ma'lumot uchun telefon: : (+99871) 200-11-10 ichki raqam 1071

Hurmat bilan,

Bank Kuzatuv kengashi va boshqaruvi.

27.03.2025 18:44

Universalbank Telegram-kanaliga obuna bo`ling

Universalbank

Mobil ilovasini yuklab oling!