Kredit hujjatlari
Kredit mahsulotining turi va nomi:
“Simbiotics” xorijiy liniya hisobidan tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish.
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar:
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar).
Kredit valyutasi:
O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m
AQSH dollarida
Kredit miqdori:
2 000 000,00 AQSH dollarigacha
Milliy valyutada ajratilayotganda ushbu limitlar doirasida AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha
Kredit maqsadi:
Aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun
Asosiy vosita sotib olish uchun
Kredit muddati:
Aylanma mablag‘ni to‘ldirish uchun 36 oy muddatgacha (6 oygacha imtiyozli davr)
Asosiy vosita sotib olish uchun 60 oy muddatgacha (12 oygacha imtiyozli davr)
Foiz stavkasi:
So‘m ekvivalenti uchun – 28-30 %
AQSH dollari uchun – 12-14 %
Taqdim etish shakli:
Pul o‘tkazish yo‘li orqali.
Kredit quyidagi maqsadlar uchun ajratilmaydi:
Tamaki yoki spirtli ichimliklar ishlab chiqarish yoki eksport qilish;
Tamaki yoki kuchli ichimliklarni sotish (ushbu faoliyatlar korxonaning asosiy faoliyatiga yordamchi bo‘lgan xollarda bundan mustasno);
Ko‘chmas mulk yoki valyutaga spekulyativ investitsiyalar;
Atrof muhitga zarar yetkazayotgan korxonalar;
Kredit siyosatida taqiqlangan boshqa faoliyat turlari;
Talab etiladigan hujjatlar:
Kredit olish uchun ariza;
Ta’sis hujjatlari, nizom, guvohnoma, korxona ta’sischilari va rahbariyati ma’lumotlari, kredit olish va garov ta’minoti taqdim qilish yuzasidan yig‘ilish bayoni;
Tovar, ish xizmatlar uchun tuzilgan shartnomalar;
Biznes reja;
Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot Forma1, Forma2;
Garov hujjatlari;
Kredit ta’minoti:
Kredit miqdorining 125%dan kam bo‘lmagan miqdorda, bank talablariga muvofiq keladigan likvidli mol-mulk, sug‘urta polisi va boshqa garov turi.
Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha 130% qiymatida garov qabul qilinadi.
Kredit qaytarish tartibi:
Kredit va hisoblangan foizlarni to‘lash kredit shartnomasida belgilangan tartibda va shartlarda annuitet va differensial to‘lov usulida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha shartlar:
Kredit oluvchi tadbirkorlik subyektining doimiy faoliyat joyiga ega bo‘lishi;
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi;
Balans va pul oqimi tahlili bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lishi;