• Kartalar
  • Omonatlar
  • Menyu
  • Kredit
  • Chat

Kredit maqsadi – yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uy-joydagi xonadonni ta’mirlash uchun.

Bunda kredit mablag‘lari turar joy binolarining energiya xarajatlarini kamaytirish maqsadida, shu jumladan, quyosh panellari, geliokollektorlar va issiqlik nasoslarini (havo, suv va geotermal) o‘rnatish, devor va tomni izolyatsiya qilish, deraza va eshiklarning issiqlik yo‘qotishlari va o‘tkazuvchanligini kamaytiruvchi turlarini o‘rnatish hamda qozon va havo sovitish-isitish (konditsioner) tizimlarini energiya tejamkor turlariga almashtirish yoki yangidan o‘rnatish uchun ajratiladi.

Kredit miqdori – 300 000 000 (uch yuz million) so‘mgacha.

Kredit muddati – 60 oygacha.

Foiz stavkasi – yillik 24%.

Kredit foizlariga boshqaruv qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Kredit valyutasi – O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m.

Boshlang‘ich to‘lov – talab etilmaydi.

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar:
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan, 60 yoshdan oshmagan, shuningdek ish haqi ko‘rinishidagi oylik rasmiy yoki boshqa tasdiqlangan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar.

Kredit kimlarga ajratiladi:
Kredit hisobiga ta’mirlanayotgan uy-joyda doimiy ro‘yxatda turadigan va ushbu uyning egasi bo‘lgan jismoniy shaxslarga yoki uy egasining yaqin qarindoshi (ota-ona, aka-uka, opa-singil, turmush o‘rtog‘i, farzandlari, kelini, kuyovi) bo‘lgan va ushbu uy-joyda doimiy ro‘yxatda turadigan boshqa jismoniy shaxslarga ajratiladi.

Taqdim etish shakli:
Ta’minotchining bank hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li orqali ajratiladi.

Talab etiladigan hujjatlar:

  • Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pasporti yoki ID-kartasi;
  • oxirgi 12 oydagi daromadlari va mehnat faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar (zarur hollarda);
  • ta’mirlanayotgan uy-joyning kadastri va egalik (mulk) huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • ta’mirlash ishlari rejasi va tasdiqlangan smetasi (tegishli ruxsat beruvchi organ tomonidan taqdim etilgan litsenziyaga ega bo‘lgan smeta tuzuvchi tashkilot smetasi);
  • pudrat tashkiloti bilan ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha qurilish materiallari va/yoki green.uzmrc.uz veb-saytida ko‘rsatilgan tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yoki savdo do‘koni bilan tuzilgan shartnomalar (zarur hollarda);
  • ko‘chmas mulkning bozor qiymatini baholash to‘g‘risidagi hisobot.

Kredit ta’minoti:
Ta’mirlanayotgan uy-joy kredit ta’minoti sifatida qabul qilinadi yoki bank talablariga mos keluvchi likvidli mol-mulk garovi ham kredit ta’minoti sifatida taqdim etilishi mumkin.

Kredit ta’minotiga olingan turar-joy (mol-mulk) kredit miqdorining 125% dan kam bo‘lmagan qiymatda ta’minot sifatida qabul qilinadi;

Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha 130% qiymatida garov qabul qilinadi.

Kredit qaytarish tartibi:
Kredit va hisoblangan foizlarni to‘lash kredit shartnomasida belgilangan tartibda va shartlarda annuitet to‘lov usulida amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha shartlar:

  • Kredit olishni istagan qarz oluvchi rasmiy daromadga ega bo‘lsa, kreditni olish uchun ariza berganida, oxirgi ish joyida kamida 6 (olti) oy davomida uzluksiz ishlagan bo‘lishi;
  • Qarz oluvchining o‘rtacha oylik sof daromadining 50%i kredit bo‘yicha eng yuqori oylik to‘lov hamda mavjud kreditlar/qarzlar bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo‘lishi;
  • Qarz oluvchining ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi.
Kreditni to'lash usuli

Sizning kreditingizni hisoblaymiz

Kredit summasi
Muddat

Kalkulyator orqali birinchi hisob-kitob. Buyurtmani tasdiqlagach shaxsiy ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

Foiz stavkasi

0%

Har oylik to'lov

0 USD

To'lov jadvaliAxborot varaqasiBuyurtma