Omonat hujjatlari
Kredit miqdori - 50 mln so‘mgacha
Kredit maqsadi - Maqsadsiz
Kredit muddati - imtiyozli davrsiz, 12 oy muddatgacha
Foiz stavkasi:
6 oygacha bo’lganda – 24%,
6 oydan 12 oygacha bo’lganda – 26%
Kredit foizlariga Boshqaruv qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkin
Kredit valyutasi - so‘m
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar:
O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lgan, 18 yoshga to'lgan, shuningdek ish haqi ko'rinishidagi oylik rasmiy daromadiga ega byudjet tashkilotlari hodimlari bo'lgan jismoniy shaxs.
Taqdim etish shakli:
Kassa orqali naqd pul yoki so'm plastik kartasiga o'tkazish yo'li orqali
Talab etiladigan hujjatlar:
Qarz oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va x.k);
Kafilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta, yashash uchun guvohnoma va x.k);
Agar garov taqdim qilinganda garov hujjatlari.
Kredit ta’minoti:
* 50 000 000 (ellik million) so'mdan oshmagan miqdorda ajratiladigan mikroqarzlar uchun – mikroqarz miqdorining 125% dan kam bo'lmagan miqdorda, bank talablariga muvofiq keladigan uchinchi shaxs kafilligi/sug'urta polisi yoki bank talablariga mos keluvchi likvidli mol-mulk garovi
* Bankka aloqador bo'lgan shaxslarga ajratiladigan mikroqarzlar bo'yicha 130% qiymatida garov qabul qilinadi.
Kredit qaytarish tartibi:
Mikroqarz va hisoblangan foizlarni to'lash mikroqarz shartnomasida belgilangan tartibda va shartlarda annuitet yoki differentsial to'lov usulida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha shartlar:
* Mikroqarz olishni istagan qarz oluvchi, kreditni olish uchun ariza berganida, ohirgi ish joyida kamida 6 (olti) oy davomida uzluksiz ish haqqi olgan bo'lishi lozim;
* Qarz oluvchining o'rtacha oylik sof daromadining 50% mikroqarz bo'yicha eng yuqori oylik to'lov hamda mavjud kreditlar/qarzlar bo'yicha o'rtacha oylik to'lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo'lishi lozim.
* Kafilning daromadi yuqoridagi talabga muvofiq alohida baholanadi.
Sizning kreditingizni hisoblaymiz
Kalkulyator orqali birinchi hisob-kitob. Buyurtmani tasdiqlagach shaxsiy ma`lumotlarga ega bo`lishingiz mumkin..