Kredit hujjatlari
Kredit maqsadi – qarz oluvchining boshqa bankdagi ipoteka kreditini qayta moliyalashtirish, ya’ni ilgari olingan ipoteka kreditini so‘ndirish uchun.
Kredit miqdori – 800 000 000 (sakkiz yuz million) so‘mgacha, biroq qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditining qoldig‘idan oshmagan miqdorda.
Kredit muddati – qayta moliyalashtiriladigan ipoteka kreditining oxirgi muddatiga qadar bo‘lgan muddatga, biroq ajratiladigan kreditning muddati 10 yildan oshmasligi lozim.
Foiz stavkasi – yillik 24%.
Kredit foizlariga boshqaruv qarori bilan o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Kredit valyutasi – O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m.
Boshlang‘ich to‘lov – talab etilmaydi.
Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar:
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan, 60 yoshdan oshmagan, shuningdek ish haqi ko‘rinishidagi oylik rasmiy yoki boshqa tasdiqlangan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar.
Taqdim etish shakli:
Qarz oluvchining boshqa bankdagi ipoteka krediti bo‘yicha qoldig‘ini so‘ndirish uchun dastlabki bankdagi kreditni qoplash bo‘yicha tegishli hisobvaraqqa pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Talab etiladigan hujjatlar:
- Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pasporti yoki ID-kartasi;
- oxirgi 12 oydagi daromadlari va mehnat faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar (zarur hollarda);
- boshqa bankda rasmiylashtirilgan amaldagi ipoteka krediti shartnomasi;
- kredit bo‘yicha qarzdorlikning joriy qoldig‘i to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi bankdan ma’lumotnoma;
- kreditni to‘lash uchun mablag‘larni o‘tkazish uchun tashqi bankning to‘liq bank rekvizitlari ko‘rsatilgan hisobvaraqdan ma’lumotnoma;
- ko‘chmas mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
- ko‘chmas mulkning bozor qiymatini baholash to‘g‘risidagi hisobot.
Kredit ta’minoti:
Qayta moliyalashtirilayotgan ipoteka obyekti (turar joy) kredit ta’minoti sifatida qabul qilinadi. Garov qayta rasmiylashtirilgunga qadar qo‘shimcha ta’minot talab qilinishi mumkin. Ko‘chmas mulk obyekti majburiy sug‘urta qilinishi shart.
Kredit hisobiga sotib olingan turar-joy ta’minot sifatida kredit miqdorining 125% dan kam bo‘lmagan qiymatda qabul qilinadi;
Bankka aloqador bo‘lgan shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha 130% qiymatida garov qabul qilinadi.
Kredit qaytarish tartibi:
Kredit va hisoblangan foizlarni to‘lash kredit shartnomasida belgilangan tartibda va shartlarda annuitet to‘lov usulida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha shartlar:
- Kredit olishni istagan qarz oluvchi rasmiy daromadga ega bo‘lsa, kreditni olish uchun ariza berganida, oxirgi ish joyida kamida 12 (o‘n ikki) oy davomida uzluksiz ishlagan bo‘lishi;
- Qarz oluvchining o‘rtacha oylik sof daromadining 50%i kredit bo‘yicha eng yuqori oylik to‘lov hamda mavjud kreditlar/qarzlar bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo‘lishi;
- Qarz oluvchining ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi;
- Qayta moliyalashtirilayotgan ipoteka krediti bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi, shuningdek ushbu ipoteka krediti to‘lovlari tarixida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi.
Sizning kreditingizni hisoblaymiz
Kalkulyator orqali birinchi hisob-kitob. Buyurtmani tasdiqlagach shaxsiy ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.