Avtokredit - Milliy
Kredit maqsadi – “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan barcha rusumli avtotransport vositalarini sotib olish uchun ajratiladi.

Foiz stavkasi
Boshlang’ich to’lov 25% dan 50% gacha bo’lganda:
36 oy muddatgacha – 32%
60 oy muddatgacha – 34%
Boshlang’ich to’lov 50% dan yuqori bo’lganda:
36 oy muddatgacha – 30%
60 oy muddatgacha – 32%
Kredit muddati – 60 oygacha (6 oy imtiyozli davr belgilanishi mumkin)
Kredit summasi – avtotransport vositasining yetkazib berish shartnomasida belgilangan narxining 75% miqdorigacha
Kredit maqsadi – “UzAuto Motors” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan barcha rusumli avtotransport vositalarini sotib olish uchun ajratiladi.
Kredit ta’minoti
Asosiy ta’minot: Sotib olinayotgan avtotransport vositasi. Ushbu olinayotgan avtotransport vositasi ta’minot sifatida kredit miqdorining 125% dan kam bo’lmagan qiymatda qabul qilinadi.
Kredit bo’yicha majburiyatlarni vaqtincha ta’minlash (asosiy ta’minotning garov shartnomasi notarial yoki bank tomonidan mustaqil ravishda rasmiylashtirilguniga qadar) – sug’urta tashkilotining kredit va foizlar qaytmaslik xavfini sug’urta qilish polisi.
Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat,
avtotransport vositasining yetkazib berish shartnomasi,
mijozning oxirgi 1 yillik ish haqi to’g’risida ma’lumotnoma.
Qo’shimcha shartlar - kredit olish uchun ariza bergan mijoz joriy ish joyida kamida 6 oy davomida uzluksiz ishlagan bo’lishi kerak, qarz oluvchining o’rtacha oylik sof daromadining 50% qismi kredit bo’yicha eng yuqori oylik to’lov miqdorini qoplash uchun yetarli bo’lishi kerak.