Union Pay

 

Kobeydj (co-badge) kartalari – bir vaqtning oʻzida bir nechta toʻlov tizimlaridan foydalangan holda toʻlovlarni amalga oshirishga imkon beruvchi zamonaviy plastik kartalardir.

Universalbank tomonidan Uzcard ва UnionPay toʻlov tizimlarining kobeydj kartalari beriladi. Ushbu kartadan foydalanib Oʻzbekiston hududida barcha Uzcard terminallari orqali toʻlovlarni amalga oshirish hamda bankomatlardan naqd pul mablagʻlarini olish mumkin. Shuningdek, xorijda istalgan UnionPay terminallari va bankomatlari orqali kartadagi mablagʻlardan foydalanish imkoniyati mavjud.

Kobeydj kartalarini toʻldirish milliy valyuta – soʻmda amalga oshiriladi. Xorijda chet el valyutasida toʻlovlar amalga oshirilganida, mablagʻlar amaldagi bank kursi asosida milliy valyutada yechiladi. Ushbu kartalar shuningdek kontaktsiz (NFC) texnologiyasi asosida toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Kobeydj kartalarini tayyorlab berish – 25000 soʻm.

Kobeydj kartalaridan chet elda naqd pul mablagʻlari yechilganida har bir tranzaksiyadan (summasidan qat’iy nazar) 15000 soʻm hamda terminal yoki bankomat orqali karta balansini koʻrish uchun 5000 soʻm komissiya olinadi. Boshqa xizmatlar, shu jumladan terminallar orqali naqdsiz toʻlovlar uchun hech qanday qoʻshimcha komissiya olinmaydi.

Kobeydj plastik kartasini olish uchun bankga ariza va pasport nusxasini taqdim etib, plastik kartadan foydalanish shartnomasini imzolash zarur.