Humo

  • Jismoniy shaxslarga barcha turdagi «HUMO» to‘lov tizimi plastik kartalarini, shu jumladan pensiya, stipendiya, ish haqi loyixalari asosida va individual tartibda tayyorlab taqdim etish – bepul amalga oshiriladi.
  • «HUMO» plastik kartalariga SMS xizmatini yoqib berish bepul.
  • “Universal bank”ning «HUMO» plastik kartalarini barcha turdagi mobil ilovalarga, shu jumladan Bankimizning Universal Mobile ilovasiga, Payme, Click kabi mobil ilovlarga bog‘lab onlayn to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

 

 Humo plastik kartalari – yangi milliy to‘lov tizimi bo‘lib, kontaktsiz (NFC) texnologiyasi asosida to‘lovlarni amalga oshirish imkonini yaratadi.

Mazkur tizimda ochilgan plastik kartalar xalqaro standartlarga asosan 16 xonali belgilar bilan raqamlanadi. Universalbankning Humo plastik kartalari “986023” raqamlari bilan boshlanadi.

Universalbankning Humo plastik kartalari bepul taqdim etiladi. Yuqotilgan, shikastlangan yoki muddati tugagan kartalar o‘rniga yangisini tayyorlab berish – 10000 so‘m.

Plastik kartani olish uchun bankga ariza va pasport nusxasini taqdim etib, plastik kartadan foydalanish shartnomasini imzolash zarur.