Ko‘p uchraydigan savollar

 


[1] Universalbankdan olingan plastik karta yuqolib qoldi. Nima qilishim zarur?

Bu xolatda kartangizdan begona shaxslar foydalanishining oldini olish uchun zudlik bilan Universalbankka quyidagi raqamlardan biriga bog‘lanib, kartangizni bloklab qo‘yishni so‘rashingiz zarur:

71 200-11-10, 71 150-39-91, 73 229-82-29

Keyinchalik (yuqolgan karta topilmasa) bevosita bankka murojaat qilib kartani qaytadan tayyorlab berishga ariza berishingiz mumkin.

[2] Universalbankka murojaat qilib kartani blokka qo‘ydirganimdan so‘ng plastik karta topildi. Nima qilishim zarur?

Bu xolatda shaxsni tasdiqlovchi xujjatlar bilan bankka bevosita murojaat qilib kartani qaytadan aktivlashtirib berishni so‘rashingiz kerak bo‘ladi.

[3] Plastik kartam yuqolganidan va kartani bankda qaytadan tayyorlatganimdan so‘ng eski plastik kartam topildi. Undan foydalanishim mumkinmi?

Plastik karta qaytadan tayyorlanganidan so‘ng eski karta tizimdan butunay uziladi va undan foydalanish imkoniyati mavjud emas.

[4] Kobeydj kartalaridan O‘zbekiston xududida qanday terminallar orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin?

Universalbankning kobeydj kartalari orqali O‘zbekiston xududida har qanday Uzcard terminallari va bankomatlarida tranzaksiyalarni amalga oshirish mumkin. Terminallarda to‘lovlarni amalga oshirish va bankomatlar orqali naqd pul mablag‘larini yechishda kobeydj kartalari odatiy Uzcard plastik kartalaridan farq qilmaydi.

[5] Kobeydj kartalaridan O‘zbekiston xududida to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha komissiya olinadimi?

Yo‘q, terminallar va bankomatlarda kobeydj kartalaridan foydalanishda odatdagi Uzcard plastik kartalaridan farq qiluvchi xech qanday komissiya olinmaydi.

[6] Kobeydj kartalaridan xorijda muammosiz foydalanishim mumkinmi?

Universalbankning kobeydj kartalaridan chet elda UPI logotipiga ega (Union Pay) terminallar va bankomatlar orqali muammosiz foydalanish mumkin. Union Pay terminallari dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlarida o‘rnatilgan.

[7] Kobeydj kartalaridan onlayn konversiyani amalga oshirish mumkinmi?

Xa. Universalbankning kobeydj va konversion (Visa) kartalarini Universal Mobile mobil ilovasiga bog‘lab onlayn konversiyani amalga oshirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa chet elda qo‘l kelishi mumkin. Zarurat tug‘ilganda kobeydj kartadagi (milliy valyutadagi) mablag‘larni va konversion kartaga (AQSh dollariga) konversiya qilib, tegishli to‘lov tizimida foydalanish mumkin.