Bankda karyera

Tashkilotimizga bo'lgan qiziqishingiz uchun sizga katta rahmat!

 

Vakansiyalar haqida ma'lumot

Bosh ofis (Qo'qon sh.)
1. Bank tavakkalchiliklarini boshqarish departamenti direktori Oliy iqtisodiy ma'lumot
2. Ayirboshlash shaxobchalari va konversion operatsiyalar bo'limi boshlig'i Oliy iqtisodiy ma'lumot
3. Omonatchilar va kreditorlarning mablag'larini monitoring qilish bo'limi boshlig'i Oliy iqtisodiy ma'lumot
4. Marketing bo'limi boshlig'i Oliy ma'lumot (biznes, moliya, iqtisod)
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti Tashqi savdo operatsiyalari bo'limi Oliy iqtisodiy ma'lumot
6. Boshqaruv raisi yordamchisi Oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot
Amaliyot boshqarmasi (Qo'qon sh.)
1. So'nggi nazoratchi Oliy iqtisodiy ma'lumot
2. Amaliyot boshqarmasi Front ofis boshlig'i Oliy iqtisodiy ma'lumot
3. Amaliyot boshqarmasi Bek ofis bosh mutaxassisi (joriy nazorat bo'yicha) Oliy iqtisodiy ma'lumot
4. Amaliyot boshqarmasi Front ofis chakana xizmat sektori 1-toifali menejeri Oliy iqtisodiy ma'lumot
Farg'ona filiali
1. Front ofis bosh menejer Oliy iqtisodiy ma'lumot
2. Front ofis 1-toifali menejer Oliy iqtisodiy ma'lumot
3. VASH nazoratchi kassir Oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot
4. Kassir O'rta maxsus ma'lumot
5. Ma'muriy bo'lim boshlig'i Oliy ma'lumot
6. Ish yurituvchi arxivarius Oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot
Buvayda filiali
1. Xodimlar bo'yocha ishlash mutaxassisi Oliy ma'lumot
2. Bosh buxgalter o'rinbosari Oliy iqtisodiy ma'lumot
3. Front ofis menejeri Oliy iqtisodiy ma'lumot
4. Ma'muriy bo'lim boshlig'i Oliy iqtisodiy ma'lumot
5. Huquqshunos-maslahatchi Oliy ma'lumot
6. Xaydovchi  
Toshkent filiali
1. Kadr menejeri Oliy ma'lumot
2 Loyihalar bo'yicha menejer Oliy ma'lumot
3 Kreditlash bo'limi yetakchi mutaxassisi Oliy iqtisodiy ma'lumot
4 Valyuta amaliyotlari bo'limi bosh mutaxassisi Oliy iqtisodiy ma'lumot
5. Valyuta ayirboshlash shaxobchasi kassiri O'rta maxsus ma'lumot

Marketing mutaxassisiga nisbatan asosiy talablar 

  • Analitik fikrlash. Raqamlar bilan ishlash qobiliyati. Statistik ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash, hisobotlarni tayyorlash
  • Muloqot qobiliyatlari (kasbdoshlari va mijozlar bilan umumiy til topish qobiliyati va istagi)
  • Eng kamida 3 yil marketing bo'yicha tajriba (imtiyozli ravishda moliya sohasida)
  • O'zbek va rus (majburiy), ingliz (kerakli)
  • tashabbus va qat'iyatlilik

Marketing mutaxassisining rasmiy vazifalari

  1. Bankning strategik va batafsil marketing rejalarini ishlab chiqish
  2. Bankning imidjini muntazam ravishda o'rganish
  3. Raqobatchilar, tendentsiyalar, yangiliklarni, umuman bozorni tahlil qilish va bank mahsulotlarini va xizmatlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritish
  4. Bankning yangi mahsulotlarini ishlab chiqish bo'yicha takliflar kiritish
  5. Bank mahsulot va xizmatlarining narxlanishida qatnashish
  6. Har xil marketing tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish (reklama kampaniyalari, taqdimotlar, yarmarkalar, ko'rgazmalar va boshqalar)
  7. Reklama va marketing sohasida zarur ishlarni o’tkazish uchun tadqiqotchi, ijodkor, reklama va boshqa tashkilotlarini qidirish va tanlash;
  8. Auditoriyani kengaytirish va yangi bo'limlarni ochish maqsadida istiqbolli bozorlarni o'rganish;
  9. Sotuvlar bo'yicha menejerlar, front-ofislar bilan ishlash (ta’lim, treninglar, konsultatsiyalar, taqdimotlar);
  10. Barcha marketing faoliyati, shu jumladan, PR-tadbirlar uchun byudjetni tayyorlash va bank rahbariyati bilan muvofiqlashtirish;
  11. Bankning suvenir mahsulotlarini tayyorlash;
  12. Maqolalar, matbuot relizlari, onlayn nashrlar, kataloglar va boshqa reklama mahsulotlari uchun yangiliklar bloklarini tayyorlash.
  13. Bankning korporativ veb-saytini va Internet-xizmatlarini olib borish va targ'ib qilish;
  14. Ijtimoiy tarmoqlardagi ishlarni tashkil etish va olib borish (SMM)
  15. Bankning Internet brendini targ'ib qilish: SEO optimallashtirish, internetda aktsiyalarni tashkil qilish, Internet tarmog'ida iste'molchilarni o'rganish                                                                                                                              

Nomzodlarga talablar:

— oliy ma'lumot;
— bank sohasida 3 yildan kam bo'lmagan ish tajribasi;
— kompyuter savodxonligi

Tanlovda qatnashish uchun vakansiya ko'rsatilgan va fotosurat biriktirilgan rezyume quyidagi elektron pochtalarga qabul qilinadi
info@universalbank.uz
info.t@universalbank.uz
Xatning mavzusida ism, familiya va vakansiya turi ko'rsatilgan bo'lishi lozim.

Shuningdek, Siz onlayn ariza berishingiz mumkin.

Представьтесь

Контактные данные

Прикрепить резюме

Прикрепите файл

Допустимые форматы файлов: (*.pdf, *.doc, *.docx, *.jpg)