Вниманию акционеров АКБ "Универсалбанк"!

АTB “Universal bank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi 2021-yil 29-dekabr kuni soat 12:00 da Fargʼona viloyati, Qoʼqon shahri, Shohruhobod koʼchasida joylashgan bank binosida oʼtkazilishini maʼlum qiladi.

Umumiy yigʼilish kun tartibi:

1. Аksiyadorlarning umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Bank Kuzatuv kengashi tarkibini saylash.

3. Eʼlon qilingan aksiyalar sonini oshirish.

4. Bank Ustaviga oʼzgartirishlar kiritish.

5. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi oʼtkazilishi haqida xabar qilish uchun bank aksiyadorlari reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 6-dekabr.

 Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida qatnashish huquqiga ega boʼlgan bank aksiyadorlari reestrini shakllantirish sanasi: 2021-yil 23-dekabr.

Аksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʼilishiga doir materiallar bilan quyidagi manzilda tanishib chiqish mumkin: Fargʼona viloyati, Qoʼqon shahri, Shoxruxobod koʼchasi.

Yigʼilishda qatnashuvchi aksiyadorlarni roʼyxatga olish vaqti: 2021-yil 29-dekabr, soat 11:00 dan 11:55 gacha.

Аksiyadorlardan yigʼilishga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan, aksiyadorlar vakillaridan esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʼraladi. 

Maʼlumot uchun telefon: (+99878) 229-82-29 ichki raqam 1073.

Hurmat bilan,

Bank Kuzatuv kengashi va Boshqaruvi.


+998 (71) 200-11-10

Call center