E-POS terminallar

Biznesda foyda olish uchun E-POS terminallari yordamida yangi imkoniyatlarni kashf qiling!
E-POS (virtual) terminallari plastik kartochkalar egalari uchun mobil ilovalar orqali real vaqt rejimida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadilar. Siz istalgan vaqt va istalgan joyda internetga ulana olasiz yoki USSD kod orqali tranzaktsiya o‘tkaza olasiz.

Qo‘llaniladigan sohalar

Biznesning barcha turlari uchun:

- Savdo kompaniyalari (marketlar, bozorlar, yarmarkalar, online do‘konlar)

- Xizmat ko‘rsatish sohasi (turistik agentliklar, aviakassalar, notariuslar, tibbiy xizmatlar, tayyor taomlarni etkazib berish, avtoservis, sartaroshxonalar, mehmonxonalar, sayyohlar bilan ishlaydigan gidlar, tarjimonlar, taksi va boshq.)

- Logistika kompaniyalari (kurerlar, buyurtmalarni topshirish punktlari, online do‘konlariga xizmat ko‘rsatish)

- Sug‘urta kompaniyalari

E-POS (virtual) terminallaridan foydalanishning afzalliklari:

- abonent to‘lovi yo‘q

- terminalni ishlatish uchun xarajatlar talab etilmaydi

- to‘lovni istalgan vaqt va istalgan joyda amalga oshirish imkoniyati

- internetga ulanmasdan turib ham to‘lovni amalga oshirish imkoniyati (USSD kod orqali)

- chek qog‘oz va kartridjsiz elektron ko‘rinishda rasmiylashtiriladi

Qanday ulanish mumkin?

Telegram kanali orqali @ubankuz yoki +99890 7881110 raqamiga 1 raqamini jo‘nating

E-POS terminallari bilan ishlashda muammolar tug‘ilsa, (0 371) 200-11-10 call-markazi bilan bog‘laning